SamDTUning 2 ta yoʻnalishi diplomi butun dunyoda tan olinadigan boʻldi

23:40 18 May 2024 Jamiyat
627 0

Foto: SamDTU Axborot xizmati

Joriy yilning aprel oyida «ECAQA» (Taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni taʼminlash boʻyicha Yevrosiyo markazi) mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universitetining taʼlim faoliyati sifatini jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligi tahlildan oʻtkazildi.

Baholash natijalariga koʻra «Davolash ishi» (oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi taʼlim) hamda «Stomatologiya» taʼlim dasturlari 5-yil muddatga toʻliq akkreditatsiya qilindi.

Akkreditatsiya sertifikati ayni kunlarda Samarqand davlat tibbiyot universitetida boʻlib oʻtayotgan «Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari» mavzusida talabalar va yosh olimlarning 78-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida Qozogʻistonning Samarqand shahridagi konsuli Abzal Nurashov tomonidan rektor Jasur Rizayevga ravishda topshirildi.

Taʼkidlash joizki, xalqaro akkreditatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma taʼlim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi va ushbu dasturlar boʻyicha oliy taʼlim toʻgʻrisidagi diplom butun dunyoda tan olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер