Sambo: Toshkentda Osiyo chempionati yakunlandi, Oʻzbekiston umumjamoa hisobida yaqqol yetakchi!

11:43 07 Iyun 2021 Sport
833 0

Toshkentda oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionati bahslari oʻz yakuniga yetdi.

4-6-iyun kunlari boʻlib oʻtgan musobaqada qitʼaning 16 ta mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi sambochilari deyarli barcha yoʻnalishlarda jamoaviy bahslarda 1-oʻrinni egallashdi.

Quyida yoʻnalishlar boʻyicha umumjamoa hisobida gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oʻsmirlar oʻrtasida:

Qizlar:

1. Oʻzbekiston,

2. Qozogʻiston,

3. Qirgʻiziston,

Oʻgʻil bolalar:

1. Oʻzbekiston,

2. Tojikiston,

3. Qozogʻiston.

Yoshlar oʻrtasida:

Qizlar:

1. Oʻzbekiston,

2. Qozogʻiston,

3. Qirgʻiziston,

Yigitlar:

1. Oʻzbekiston,

2. Qozogʻiston,

3. Tojikiston,

Kattalar oʻrtasida:

Ayollar:

1. Qozogʻiston,

2. Oʻzbekiston,

3. Turkmaniston,



Erkaklar:

1. Oʻzbekiston,

2. Qozogʻiston,

3. Tojikiston,



Jangovar sambo:

1. Oʻzbekiston,

2. Qirgʻiziston,

3. Turkmaniston.



Musobaqa davomida Afgʻoniston, Iordaniya, Eron va Iroq vakillari ham medallarni qoʻlga kiritishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?