Sambo: Oʻzbekiston Jahon kubogining ikkinchi kunida 5ta medal qoʻlga kiritdi
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida sambo boʻyicha Jahon kubogi bahslari yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida yetti nafar hamyurtimiz gilamga chiqdi. Quvonarlisi, ulardan 5 nafari yakunda medallarga sazovor boʻldi.
Jumladan, -88 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ixtiyor Eshmurodov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor boʻldi. Shuningdek sambo bellashuvlarida Sabina Davlatova (-50 kg) hamda Husniddin Husanovlarning (+98 kg) har ikkisi ham kumush, jangovar sambo bahslarida esa Oybek Soliyev (-64 kg) kumush, Sherzodbek Ismonov (-79 kg) bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, kecha musobaqa doirasida sambochilarimiz bitta oltin va 3ta kumush medalga sazovor boʻlishgan edi.
Shu tariqa sambochilarimiz Oʻzbekistonga 9ta medal bilan qaytadigan boʻlishdi. Jahon kubogi bahslarida sportchilarimiz 2ta oltin, 6ta kumush va bitta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Quvonarlisi, erkaklar terma jamoamiz musobaqada umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi. Bu borada 1-oʻrinni Rossiya, 3-oʻrinni esa Qirgʻiziston terma jamoalari qoʻlga kiritishdi. Jangovar sambochilarimiz esa Rossiya va Qozogʻistondan soʻng umumjamoa hisobida uchinchi boʻldi.
Oʻzbekiston sport delegatsiyasi 2021-yil 27-mart kuni erta tongda, soat 04:35da Moskva-Toshkent HY-3602 yoʻnalishi boʻyicha Toshkentga uchib kelishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring