Samarqandga uchayotgan samolyot yoʻlovchining yurak xuruji sabab favqulodda qoʻndirildi
Sankt-Peterburg — Samarqand yoʻnalishi boʻyicha AFL-2870 parvozini amalga oshirayotgan “Aeroflot” aviakompaniyasi havo kemasi mahalliy vaqt bilan soat 10:50 da yoʻlovchilardan birining (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi) salomatligi yomonlashgani va unga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarurligi sababli Qozogʻistonning Qiziloʻrda aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi.
Samolyot bortida 50 dan ortiq yoʻlovchilari boʻlgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻlovchining yurak xastaligi xuruji alomatlari kuzatilgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportda qoʻndirishga qaror qilgan.
Aeroportga qoʻngach, yoʻlovchi tez tibbiy yordam mashinasida malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.
Toshkent vaqti bilan soat 12:20 da, bortida 50 dan ortiq yoʻlovchilari boʻlgan “Aeroflot” aviakompaniyasining samolyoti Samarqand aeroportiga qoʻnishni amalga oshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring