Samarqandga Xitoydan 2 ta avtobus va 40 mikroavtobus sovgʻa sifatida keltirildi

22:41 09 Sentyabr 2022 Jamiyat
727 0

Foto: Xalq so‘zi

Kelgusi haftada Samarqandda oʻtadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan mezbon davlat – Oʻzbekistonga 2 ta avtobus va 40 ta mikroavtobus olib kelindi.

Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining sovgʻasi sifatida “Yutong” zavodi vakillari tomonidan taqdim etilgan avtobuslarni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev qabul qilib oldi. 

Tadbirda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida aloqalar barcha sohalarda mustahkamlanib borayotganligi, bu transport vositalari nufuzli sammitning yuksak saviyada oʻtkazishga yordam berishi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?