Samarqanddan 132,70 million AQSH dollari miqdorida tovarlar eksport qilindi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra joriy yilning birinchi yarim yillik yakuniga koʻra Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 132,70 million AQSH dollari miqdorida tovarlar eksporti hamda 478,33 million AQSH dollari miqdorida tovarlar importi amalga oshirildi. Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida jami 19 074 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgan.
Agar tovarlar eksporti kesimida tahliliga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, jami 145 705,41 tonna vaznda, 132 704,02 ming AQSH dollari miqdorida, jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 71 223,88 tonna vaznda, 50 853,39 ming AQSH miqdorida amalga oshirilgan. Tovarlar asosan Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya, Tojikiston, Xitoy, Afgʻoniston, Iroq, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Ukraina, Turkmaniston va Belarus va kabi davlatlarga eksport qilingan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan asosan, meva-sabzavot, toʻqimachilik, oziq-ovqat, hayvonlar uchun ozuqa, qishloq xoʻjaligi, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlar, farmatsevtika, metallar, rezina va undan tayyorlangan buyumlar, kalava ip, tirik hayvonlar va ularning qismlari, oyoq kiyimlar kabi tovarlar eksport qilingan.
Importda esa jami 406 366,58 tonna vaznda, 478 332,25 ming AQSH dollari miqdorida, jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 478 332,25 tonna vaznda, 25 262,71 ming AQSH dollari miqdorida amalga oshirilgan. Tovarlar asosan Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya, Tojikiston, Xitoy, Afgʻoniston, Iroq, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Ukraina, Turkmaniston va Belarus va kabi davlatlaridan import qilingan.
Abdulaziz Yoʻldoshev,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring