Samarqanddagi uloq-koʻpkarida “Cobalt” avtomobili gʻallaorollik Alisher polvonga nasib etdi

14:02 20 Mart 2023 Jamiyat
922 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand viloyati Jomboy tumani kengliklarida Navroʻz bayrami munosabati bilan uloq-koʻpkari boʻlib oʻtdi. Anʼanaga koʻra, sovringa tuya, toy, qator maishiy texnikalar va pul mukofotlari bilan bir qatorda avtomobil qoʻyildi.

Respublikamizning turli hududlaridan kelgan chavandoz-polvonlar bellashgan musobaqada viloyat hokimligi tomonidan qoʻyilgan bosh sovrin - “Cobalt” avtomobili gʻallaorollik Alisher polvonga nasib etdi.

Tadbir doirasida xalqimizning sevimli sanʼatkorlari tomonidan konsert dasturi taqdim etildi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер