Samarqanddagi qabristonda yongʻin sodir boʻldi

15:40 14 Iyun 2021 Jamiyat
506 0

12-iyun kuni soat 11:05 larda Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimiga Bozorjoʻy mahallasi hududida joylashgan “Koʻktoʻnli ota” qabristonida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu xabar asosida tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan 2 ta jangovar ekipaj jalb qilingan va soat 12:54 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.

Hozirga paytda holat yuzasidan tuman FVB tomonidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi ikki fuqaroning ehtiyotsizligi sabab qabriston yongʻin ostida qolgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?