Samarqanddagi postda pnevmatik qurol olib oʻtayotgan shaxs ushlandi

17:47 01 Oktyabr 2024 Jamiyat
194 0

Foto: Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi

Samarqand viloyati “Dovut-ota” chegara bojxona postidan noqonuniy pnevmatik qurollar va oʻqlar olib oʻtilayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali Rossiya Federatsiyasidan kirib kelgan kurerlik joʻnatmalari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida yoʻlovchi tomonidan 1 dona 4.5 mm pnevmatik toʻpponcha, 2 dona gazballon, 1 dona tozalash uchun moʻljallangan anjom, 2 dona oʻqdon va 700 dona pnevmatik qurol uchun oʻqlarni hech qanday hujjatlarsiz olib kelinayotgani aniqlangan.

Bundan tashqari, qoʻshni davlatdan mamlakatga kirib kelgan fuqaroning qoʻl yuklaridan 1 dona gazballonli toʻpponcha, 11 dona gazballon, 1 dona oʻqdon, 1 dona pnevmatik toʻpponcha uchun gʻilof va 2000 dona pnevmatik toʻpponcha uchun temir sharikli oʻqlar borligi maʼlum boʻlgan.

Shuningdek, transport vositasining oldi tomonidagi oʻrindiqlar orasiga vazni salkam 3 kg boʻlgan ov miltigʻi oʻqining kapsulalarini xufiyona tarzda yashirib olib oʻtishga urinish holatlari fosh etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?