Samarqanddagi 1126 ta mahallaga sport jihozlari topshirildi

17:33 04 Fevral 2025 Jamiyat
121 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shugʻullanishi va “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladigan musobaqalarda faol qatnashishi uchun Samarqand viloyatidagi 1126 ta mahallaga toʻrt turdagi sakkiz mingga yaqin sport jihozlari topshirildi.

Viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Shuhrat Roʻziyev sport jihozlarini topshirish marosimida musobaqalarning bu yilgi mavsumida ham haqiqiy iqtidor egalari mahallalardan kashf etilishini taʼkidladi.

— Ushbu sport anjomlari yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida chempionlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi, — deydi Bulungʻur tumanidagi Gʻoʻbdin mahallasi yoshlar yetakchisi Nodir Muxtorov. — Shu bilan birga, yoshlarni sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish va joriy yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida faol ishtirok etishga undaydi.

Oʻtgan yilda 14-30 yosh toifasida oʻtkazilgan musobaqa va tanlovlarda samarqandliklar 11 ta oltin, 10 ta kumush, 9 ta bronza medali bilan respublikada yettinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.

Samarqand viloyati yoshlari bu yilgi mavsum oʻyinlarida ham faol boʻladi, degan umiddamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер