Samarqandda yukxonasida uch mingta noqonuniy mahsulotlar boʻlgan avtomobil qoʻlga olindi

10:58 30 Noyabr 2021 Jamiyat
413 0

Samarqand viloyatida pirotexnika vositalari solingan avtomobil qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea 29-noyabr kuni soat 16:30 larda Pastdargʻom tumani hududidan oʻtuvchi 4P-46 avtomobil yoʻlining yettinchi kilometrida sodir boʻlgan. Yoʻl harakati xodimlari “Malibu” rusumli avtomashinani koʻzdan kechirish uchun toʻxtatdilar. Tadbirlar chogʻida huquq-tartibot idoralari xodimlari avtomobil yukxonasidan uch ming oʻram salyutlar topdi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?