Samarqandda yongʻin-qutqaruv sporti boʻyicha jahon chempionati boshlandi

17:03 01 Oktyabr 2022 Jamiyat
586 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand shahridagi “Afrosiyob arena” sport majmuasida yongʻin-qutqaruv sporti boʻyicha erkaklar oʻrtasida XVII, ayollar oʻrtasida VIII jahon chempionati start oldi.

Chempionatning erkaklar oʻrtasidagi bahsida 11 davlat - Oʻzbekiston, Tojikiston, Moʻgʻuliston, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Belarus va Qirgʻiziston respublikalari jamoalari gʻoliblik uchun bahslashyapti.

Ayollar oʻrtasidagi bahsda esa Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya, Belarus, Turkiya Respublikalari jamoalari kuch sinashmoqda.

Chempionatlarda jami 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

Xalqaro oʻt oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar federatsiyasi hamkorligida oʻtkazilayotgan mazkur chempionat bahslari 5-oktyabrga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?