Samarqandda yangi yoʻnalishlarda yangi avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Foto: Xalq so‘zi
Samarqand shahrida aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilyapti. Xususan, viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Avval xabar qilganidek, ana shu maqsadda “Maroqand trans 777» MCHJ Xitoy Xalq Respublikasining “King Long” avtozavodi bilan 80 dona avtobus sotib olish boʻyicha kelishuvga erishgan va ushbu avtobuslarning dastlabki 20 tasi Samarqand shahriga olib kelingan edi.
Yangi avtobuslar bugun, yaʼni 23-noyabrdan boshlab sinov tariqasida Samarqand shahrida uchta yoʻnalishda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsata boshladi. Shunday qilib, “Temiryoʻl vokzali - Samarqand xalqaro aeroporti”, “Doʻstlik mahallasi - Boqiy shahar” hamda “Toshkent” MFY - Yangiobod qoʻrgʻoni – Qorasuv massivi» yoʻnalishlarida qatnov namunali yoʻlga qoʻyildi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring