Samarqandda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi

10:24 29 Sentyabr 2022 Jamiyat
299 0

Foto: Xalq so‘zi

Maʼlumki, Oʻzbekiston aholisining aksariyat qismini yoshlar tashkil etadi. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish islohotlar jarayonidagi muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois ham keng jamoatchilik tomonidan bu borada zarur ishlar olib borilmoqda.

OʼzLiDeP ning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti talaba yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Navroʻz Rizayev hamda Gʻayrat Abdiyevlar ishtirok etib, mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ular faoliyatiga oid qabul qilinayotgan muhim qonunlar, farmon va qarorlarda yoshlarning taklif va fikrlari ham oʻrin olayotganligi ularga qaratilayotgan yana bir eʼtibor namunasi ekanligini qayd etdilar.

Uchrashuvda Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammiti boʻyicha ham yigʻilganlarga tushunchalar berildi. Bugungi shiddat bilan oʻzgarayotgan davrda yoshlarimizning ilm-fan taraqqiyotida ularning ulushi va faolligini oshirishga ahamiyat qaratish kerakligi, kelgusida yaxshi yetuk kadrlar boʻlib chiqishida eʼtiborni kuchaytirish lozimligi qayd qilindi.

Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida partiyaviy loyihalarning ahamiyati, unda yoshlarning faolligini yanada oshirish masalasida ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglandi.

Shuningdek, tadbirda siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland boʻlgan 20 nafardan ortiq yoshlar partiya safiga kirish istagini bildirishdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?