Samarqandda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiali ish boshlaydi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.
Loyihaga koʻra, Filial Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlaridan kelib chiqib, shuningdek iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Uning asosiy vazifalari etib hududda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlikda viloyatda ehtiyoj yuqori boʻlgan quyidagi va boshqa mutaxassisliklar boʻyicha malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlash belgilangan:
- “Raqamli iqtisodiyot”;
- “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti”;
- “Agrobiznes va marketing”;
- “Buxgalteriya hisobi va audit” va b.
Qaror loyihasida Filialga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda qabul kvotalarini belgilash huquqi berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring