Samarqandda tadbirkorlarning mablagʻlarini qoʻlga kiritgan firibgarlar aniqlandi

10:04 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
348 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J. A. “I.G.” MCHJ rahbari A.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli eski “Terapiya” boʻlimi binosini 49 yil muddatga ijaraga olib berishni vaʼda qilib, evaziga tadbirkorning 7 900 AQSH dollari va 2,2 mln soʻmini qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Shu kabi, Jondor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan R. A. “R.S.” MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, 141,6 mln soʻmlik avtomobil shinalari hamda yonilgʻi moylash mahsulotlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер