Samarqandda suzish boʻyicha X Osiyo chempionati boshlandi

11:05 22 Sentyabr 2022 Jamiyat
234 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand shahridagi eshkak eshish kanalining ochiq suv havzasida suzish boʻyicha kattalar oʻrtasida X Osiyo chempionatiga start berildi.

Bahs oldidan chempionat ochilishiga bagʻishlangan tadbirda Osiyo suzish federatsiyasi (AASF) bosh kotibi Taxa Al-Kishri ishtirok etdi.

Musobaqada 14 davlatdan kelgan 45 nafar ishtirokchi bahsga kirishdi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqa ikki kun davom etadi va ishtirokchilar qitʼa chempionatining birinchi kunida 5 kilometr, ikkinchi kun 10 kilometr masofaga suzish bahslarida qatnashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?