Samarqandda start olgan ochiq havzada suzish boʻyicha Osiyo chempionatining ilk gʻoliblari aniqlandi

23:07 22 Sentyabr 2022 Jamiyat
287 0

Foto: Xalq so‘zi

Avval xabar berganimizdek, eshkak eshish kanalining ochiq suv havzasida suzish boʻyicha kattalar oʻrtasida start olgan X Osiyo chempionatining birinchi kungi bahslari yakunlandi.

5 km masofaga kechgan bahslarda quyidagi sportchilar gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi:

Erkaklar oʻrtasida

1oʻrin Taishin Minamide (Yaponiya) – 58:04.1

2 oʻrin Taiki Nonaka (Yaponiya) – 58:38.8

3 oʻrin Chenng-Chi Cho (Xitoy Taipeyi) – 58:42.2

Ayollar oʻrtasida

1 oʻrin Yukimi Moriyama (Yaponiya) – 1:01:08.2

2 oʻrin Ts Yin Nip (Gonkong) – 1:02:52.3

3 oʻrin Mariya Fedotova (Qozogʻiston) – 1:03:12.4

Chempionatning 10 kilometrga suzish bahslari 24-sentyabr kuni oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?