Samarqandda shaxsiy maʼlumotni “Tik tok”da tarqatish bilan qoʻrqitgan shaxs qoʻlga olindi

10:55 30 Yanvar 2021 Jamiyat
765 0

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1989-y.t. A. IIB ga ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaatda 2021-yil 26-yanvar kuni telefon raqamiga nomaʼlum shaxs telefon orqali oʻzini samarqandlik «Fedya» deb tanishtirib, tanishi B. oʻrtasidagi shaxsiy suhbatlar, fotosuratlar va video tasvirlarni internet tarmogʻining “Tik tok” sahifasiga tarqatish bilan qoʻrqitib, evaziga 1 million soʻm berishni talab qilib, kelayotganligini bildirgan.

27-yanvar kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Toyloq tumani Jumabozor qishlogʻida yashovchi, 1998-y.t. B.F. va 1992-y.t. F.B. lar fuqaro A. ga tegishli boʻlgan sim kartani 1 million soʻmga sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?