Samarqandda qariyb 100 million soʻmlik qalbaki alkogol va tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.B.” MCHJ rahbari A.T. “Navbogʻ” MFY hududidagi savdo doʻkonida kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan turli nomdagi umumiy bahosi 104 million soʻmlik 2 ming 071 dona qalbaki aksiz markali alkogol va tegishli hujjatlari boʻlmagan 608 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlangan.
Tezkor tadbir xodimlari tomonidan vaziyat nazoratga olinib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi Departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring