Samarqandda qalbaki aksiz markali alkogol va hujjatsiz tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi
Samarqand viloyatida qalbaki aksiz markali alkogol hamda hujjatsiz tamaki mahsulotlarini sotish bilan shugʻullangan tadbirkorlik subyektlari aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri boʻlimi, IIB va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “S.-Sh.” MCHJga qarashli savdo doʻkonlarida yirik hajmdagi noqonuniy tovarlar saqlanayotgani maʼlum boʻldi.
Tekshiruv davomida 77 turdagi 2 ming 637 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari hamda 69 turdagi 3 ming 899 quti tamaki mahsulotlari sotuvga qoʻyilgani aniqlandi. Mazkur mahsulotlar isteʼmolga yaroqsiz boʻlib, ularning umumiy bahosi 147,2 million soʻmni tashkil etgan. Barcha mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi va tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Nurobod va Payariq tumanlarida ham tezkor tadbirlar oʻtkazilib, “S.S.” MCHJ rahbari S.Sh. va “A.O.” oilaviy korxonasi rahbari R.F. savdo doʻkonlarida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan mahsulotlarni sotish bilan shugʻullanayotgani fosh etildi. Ularning doʻkonlarida 142 turdagi 3 ming 285 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 292 quti tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani maʼlum boʻldi.
Barcha holatlar boʻyicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi va tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot organlari bunday holatlarning oldini olish uchun nazoratni kuchaytirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring