Samarqandda pora evaziga shahodatnoma rasmiylashtirib bermoqchi boʻlgan maktab direktorining oʻrinbosari ushlandi

11:58 20 Iyul 2022 Jamiyat
814 0

Foto: IIV matbuot xizmati

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro A. ariza bilan murojaat qilib, unda oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlish maqsadida oʻqishga kirish tartibi bilan qiziqib yurgan vaqtida, Samarqand shahar XTBga qarashli 8-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi direktori oʻrinbosari D.Z. bilan tanishib qolganligini, D.Z. uning ishonchiga kirib, 400 AQSH dollari evaziga 11 yillik taʼlimni olganligi toʻgʻrisida shahodatnoma rasmiylashtirib berishini aytib, 100 AQSH dollarini oldindan olganligini va hozirda qolgan 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur arizaga asosan, 2022-yil 04-iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi va shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan 8-sonli maktab binosida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, D.z. xizmat xonasida ariza muallifidan talab qilgan 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?