Samarqandda Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazuvchi 7-Samarqand okrug komissiyasining birinchi yigʻilishi oʻtkazildi

13:40 27 Mart 2023 Siyosat
467 0

Foto: Халқ сўзи

Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazuvchi 7-Samarqand okrug komissiyasining birinchi yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishni okrug komissiyasi raisi Farmon Toshev boshqardi.

Oliy Majlis palatalarining qarorlariga koʻra, joriy yilning 30-aprel kuni mamlakatimizda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida” gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumi oʻtkaziladi.

Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 16-martdagi qarori bilan referendumni oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegarasi doirasida 14 ta referendum okrugi tuzildi.

Jumladan, Samarqand viloyati boʻyicha 7-Samarqand okrugi tuzilib, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining tavsiyasi asosida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2023-yil 23-mart kuni 21 kishidan iborat tarkibda okrug komissiyasi tasdiqlandi.

Yigʻilishda komissiya aʼzolariga guvohnomalar topshirildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Referendumi toʻgʻrisida”gi qonun hamda Markaziy saylov komissiyasining tegishli qaroriga asosan referendumni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha okrug komissiyasining ish rejasi, komissiya aʼzolarining vazifalar taqsimoti tasdiqlandi.

Shuningdek, toʻrt kishidan iborat tarkibda 7-Samarqand okrug komissiyasi matbuot markazi tashkil etildi.

Yigʻilishda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan shu yilning 24-25-mart kunlari Toshkent shahrida okrug komissiyalari rahbarlari uchun oʻtkazilgan oʻquv-seminar tafsilotlari haqida komissiya aʼzolariga maʼlumot berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?