Samarqandda Oʻzbekiston neyroxirurglarining III anjumani boshlandi

17:16 27 May 2022 Jamiyat
805 0

Foto: SamDTU matbuot xizmati

27-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Osiyo neyroxirurglari kongressi tashabbusi bilan Oʻzbekiston neyroxirurglarni III anjumani oʻz ishini boshladi.

Unda Italiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Rossiya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Ukraina, Turkmaniston kabi 15 dan ortiq davlatlarning tibbiyot oliy taʼlim muassasalari hamda yetakchi ilmiy-tibbiyot markazlarini neyroxirurgiya sohasidagi olim va mutaxassislari ishtirok etmoqda. Samarqand davlat tibbiyot universiteti matbuot xizmati xabariga koʻra, mazkur anjumanni aynan Samarqandda oʻtkazilishiga universitetning neyrojarrohlik sohasida orttirgan boy tajribasi hamda taniqli olim, universitet huzuridagi neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya Markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdurahmon Mamadaliyevning tabarruk 80-yoshligini nishonlanishi asos boʻldi.

Foto: SamDTU matbuot xizmati

Anjumanni tantanali ochilishida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev, Oʻzbekiston neyroxirurgiya ilmiy-tekshirish instituti direktori Gʻayrat Kariyev va boshqalar ishtirokchilarni qutlab, professor Abdurahmon Mamadaliyevni ilm-fanga qoʻshgan hissasi, neyroxirurgiya sohasida Samarqandda yaratilgan ilmiy-amaliy maktab faoliyati, neyroxirurgiyani zamonaviy yutuqlari va rivojlanish istiqbollari haqida toʻxtalib oʻtdilar.

Yalpi majlisdan soʻng anjumanni asosiy ishi shoʻbalarda davom etdi. Ularda spinal neyroxirurgiya, bolalar neyroxirurgiyasi, qon-tomir, periferik asab tizimi neyroxirurgiyasi, neyroonkologiya, funksional neyroxirirurgiya oid dolzarb mavzularida maʼruzalar tinglanib bahs va munozaralar oʻtkazildi. Anjuman doirasida yosh olimlar musobaqasi ham boʻlib oʻtdi. Yakunda yosh isteʼdodli tadqiqotchilar aniqlanib tegishli sertifikatlar va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Foto: SamDTU matbuot xizmati

Samarqand davlat tibbiyot universitetida oʻtkazilgan mazkur xalqaro anjuman respublika va mintaqamizda neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya sohasini rivojlantirish, fundamental va klinik fanlarni oʻqitish sifatini yanada oshirish, malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash hamda respublikamiz tibbiyot oliygohlari va ilmiy tekshirish markazlari xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?