Samarqandda oʻtkazilgan triatlon boʻyicha Osiyo kubogi bahslarida gʻoliblar nomi maʼlum boʻldi

21:05 10 Iyun 2023 Sport
1602 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Musobaqaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Xalqaro triatlon federatsiyasi prezidenti Marisol Kasado ishtirok etib, sportchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Bahslarda qitʼamizdan eng kuchli 50 nafar ayol va 50 nafar erkak sportchi ishtirok etdi. Ayollar oʻrtasidagi bahslarda toʻqqiz davlatdan kelgan sportchi oʻzaro bellashdi. Unda slovakiyalik triatlonchi Ivanka Kuriachkova gʻoliblik shohsupasiga koʻtarildi. U bu gʻalabani 1500 metrga suzish, 40 kilometr velosiped poygasi, 10 kilometr yugurish bahsida birinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtish orqali qoʻlga kiritdi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Erkaklar oʻrtasidagi musobaqada esa qozogʻistonlik sportchi Ayan Beisenbayev gʻolib boʻldi. Slovakiyalik Richard Varga ikkinchi, hamyurtimiz Aleksandr Kurishov garchand suzish va velopoygada birinchi oʻrinda borgan boʻlsada, yakunda uchinchi oʻrinni band etdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер