Ertaga Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan nufuzli xalqaro konferensiya boshlanadi

Foto: "Xalq so'zi"
Shu yilning 7-8-sentyabr kunlari Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.
Bugun konferensiyaga tayyorgarlik va tor doirada uchrashuvlardan “Xalq soʻzi” muxbirlari fotoreportaj tayyorladilar.
Xalqaro konferensiyada ishtirok etish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hamkorlikdagi harakatlarni ishlab chiqish uchun dunyoning 32 davlatidan 2330 nafar mutaxassis va ekspert kelishi kutilmoqda.
Konferensiya dasturidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish, toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro yetkazib berishning kelishilgan sxemalarini shakllantirish, xullas, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasining barcha yoʻnalishlari oʻrin olgan.
Foto: "Xalq so'zi"
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring