Samarqandda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 18,7 mingta loyiha moliyalashtirilgan

17:54 30 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
215 0

Viloyatdagi tijorat banklari tomonidan joriy yilning oʻtgan 10 oyida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan tadbirkorlarga 5 trillion 462 milliard 494 million soʻm kredit ajratildi.

Jumladan, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan 1129 ta investitsiya loyihasiga 2 trillion 53 milliard 494 million soʻm kredit ajratildi.

Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash dasturlari doirasida 18 706 ta loyihaga 528 milliard 324 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan. Shuningdek, “Temir daftar”da roʻyxatga olingan 1562 nafar fuqaroga 26 milliard 7 million soʻm imtiyozli kredit ajratildi.

Tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ajratilgan kreditlar hisobiga viloyatda 22 700 nafardan ortiq fuqaroning bandligi taʼminlandi.

Prezidentimizning 2019-yil 24-oktyabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha 2020-yilda viloyatdagi tijorat banklari tomonidan 406 milliard soʻm kredit ajratilishi belgilangan boʻlib, 528 milliard soʻm yoki 30 foizdan ortiq imtiyozli kredit ajratildi.

2020-yilning oʻtgan davrida ajratilgan kreditlar boʻyicha Tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining moliyaviy koʻmagida 2468 ta tadbirkorlik subyektiga ajratilgan 1 trillion 793 milliard 26 million soʻmlik kredit boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiya jalb etildi. 340 ta tadbirkorlik subyektiga ajratilgan 407 milliard 541 million soʻmlik kreditlar boʻyicha kafillik belgilandi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?