Samarqandda Obodonlashtirish boʻlimi xodimasi hamkasbining bank kartasidagi pullarni oʻzlashtirdi

20:48 28 Sentyabr 2022 Jamiyat
688 0

Foto: Arxiv surat

Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida yashovchi fuqaro R.J. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxslar bank kartasida mavjud boʻlgan jami 1.040.000 soʻm miqdordagi pullarini yechib olinganligini bildirgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni R.J.ning hamkasabasi, Obodonlashtirish boʻlimida hisobchi boʻlib ishlovchi fuqaro 1990-y.t., S.Ch. sodir etganligi aniqlandi.

S.Ch. oʻz vakolatlaridan foydalanib, unda mavjud boʻlgan R.J.ning bank kartasi maʼlumotlari orqali karta sms-xabarnomasini oʻz telefon raqamiga ulab olib, boshqaruvni qoʻlga kiritib, bank ilovasi orqali pullarni oʻzlashtirganligi maʼlum boʻldi.

S.Ch.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?