Samarqandda “Neksiya-3” haydovchisi mast velosipedchini urib yubordi

Joriy yilning 19-aprel kuni soat 07:30larda, Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Gagarin koʻchasida, haydovchi S.M. “Neksiya-3” rusumli avtomobilni boshqarayotib, yoʻlning chap tomonidan oʻng tomoniga kesib oʻtayotgan velosipedchi A.A.ni urib yuborib YTH sodir etgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Natijada, velosipedchi 35 yoshli A.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tekshiruv davomida velosipedchining mastlik holatida boʻlganligi aniqlangan.
Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring