Samarqandda MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining 54-yalpi majlisi boʻlib oʻtdi

16:03 28 Oktyabr 2022 Siyosat
823 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

2022-yil 27-oktyabr kuni MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo assambleyasi Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda Hamdoʻstlik mamlakatlari parlament delegatsiyalari, hamkor xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Parlament aʼzolari saylov, referendum va ularni kuzatish toʻgʻrisidagi koʻplab namunaviy qonunlarni koʻrib chiqdi.

Bundan tashqari, xavfsizlik, fan va taʼlim, intellektual faoliyat va boshqa sohalarga oid qator namunaviy hujjatlar koʻrib chiqilmoqda. Hamdoʻstlik davlatlarining deputatlari va senatorlari kelgusida oʻz davlatlarining milliy qonunchiligida namunaviy qonunlarda mavjud boʻlgan huquqiy normalardan foydalanishi mumkin boʻladi.

Namunaviy qonun ijodkorligi Assambleyaning asosiy faoliyat yoʻnalishi hisoblanadi. Hamdoʻstlik mamlakatlari parlamentlari aʼzolarining MDH PA maydonidagi oʻzaro hamkorligi tufayli respublikalarimiz huquqiy tizimlarining uygʻunlashuvini taʼminlashga va MDH hududida hayotning turli sohalaridagi muammolarni hal qilishda kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqishga erishilmoqda.

MDH PA faoliyatining 30 yili davomida 600 dan ortiq hujjatlar ishlab chiqilib, MDH mamlakatlari parlamentlariga taqdim etilgan.

Federatsiya Kengashi rahbari V.Matviyenko Assambleyaning Samarqanddagi sessiyasi doirasidagi tadbirlar dasturi keng ekanini aytdi. “Biz Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga MDH PA majlisini Samarqandda oʻtkazish taklifi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Assambleyaning 30 yilligi nishonlanayotgan yilda Assambleya faoliyatida birinchi marta yalpi majlis va MDH PA Kengashi Sankt-Peterburgdagi qarorgohidan tashqarida oʻtkazilmoqda”, - dedi u.

Tanzila Narbayeva oʻtgan 30 yil davomida MDH PA Hamdoʻstlik mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bilan bogʻliq dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilish va muhim qarorlar qabul qilish uchun samarali maydon boʻlib xizmat qilganini qoʻshimcha qildi. “Assambleya MDH makonida demokratik jarayonlar, parlamentarizm va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshmoqda. Uning mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlikni taʼminlashdagi roli ortib bormoqda”.

Tojikiston Majlisi namoyandagon Majlisi Oli raisi Maxmadtoir Zokirzodaning fikricha, MDH PA parlamentlararo hamkorlik va qonun ijodkorligining muhim va nufuzli institutiga aylandi, uning asosiy saʼy-harakatlari ishtirokchi davlatlarning milliy qonunchiligini yaqinlashtirishga va umumiy huquqiy bazani shakllantirishga qaratilgan.

Qirgʻiziston Jogorku Keneshi raisi Nurlanbek Shakiyev ishonch va oʻzaro anglashuvga asoslangan MDH PA salohiyatini mustahkamlash borasidagi ishlar katta ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. PA barcha yoʻnalishlarda – siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, jamoaviy xavfsizlik sohasida oʻzaro hamkorlik, oʻzaro manfaatli sheriklikning samarali tuzilmasi boʻlib qolishi kerak.

Kengash ishtirokchilari MDH PA ellik toʻrtinchi yalpi majlisi kun tartibini muhokama qildi, MDH Davlat rahbarlari kengashining 2022-yil 14-oktyabrdagi qarorlarini, shuningdek, MDH PA bir qator Doimiy komissiyalari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eshitdi.

Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev Qozogʻistonning 2022-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga raisligi haqida maʼlumot berdi. U MDH PA 30 yil davomida koʻp tomonlama hamkorlikning samarali instituti sifatida oʻzini namoyon etganini, taʼlim, ijtimoiy siyosat va inson huquqlari, madaniyat, turizm va hamkorlikning boshqa sohalarini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanganini taʼkidladi.

Federatsiya Kengashining Fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasi raisi Liliya Gumerova ilm-fan va taʼlim sohasida namunaviy qonun ijodkorligining istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar taqdim etdi. Uning soʻzlariga koʻra hujjat amaldagi namunaviy hujjatlarni yangilash va yangi qonunlar ishlab chiqish boʻyicha aniq takliflarni oʻz ichiga oladi.

“Davlatlararo munosabatlar va milliy qonunchilikning rivojlanishi, yangi texnologiyalar ishlab chiqilishi va joriy etilishi munosabati bilan fan va taʼlim sohasini namunaviy tartibga solish doimiy takomillashtirishni taqozo qilmoqda”.

Kengash ishtirokchilari MDH PA huzuridagi Ekologiya va tabiatdan foydalanish boʻyicha Ekspert kengashini tuzish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi hamda Kengash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi. Mazkur masala yuzasidan Federatsiya Kengashining Agrar-oziq-ovqat siyosati va tabiatdan foydalanish qoʻmitasi aʼzosi Viktor Novojilov maʼruza qildi.

MDH PA Kengashi Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy 2023-2025-yillarga moʻljallangan MDHda namunaviy qonun ijodkorligining Istiqbolli rejasi loyihasi va Parlamentlararo Assambleyaning kelgusi yil uchun ish rejasi haqida soʻz yuritdi.

MDH PA Kengashi majlisi kun tartibidagi masalalar muhokamasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nuriddin Ismoilov, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Sagiba Gafarova, Armaniston Milliy Majlisi Raisi Alen Simonyan, Belarus Respublikasi Milliy Majlis Respublika kengashi Raisi Natalya Kochanova, Turkmaniston Milliy Gengeshi Majlisi Raisi Gulshat Mammedova ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?