Samarqandda maktab oʻquvchisi sham yorugʻida uy vazifasini bajarish chogʻida uxlab qolib, xonadonni yoqib yubordi
Samarqandda sham yorugʻida uy vazifasini bajarayotgan bola uxlab qolishi oqibatida xonadonda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 16-dekabr kuni soat 03:00 atrofida Samarqand shahrining Kimyogarlar shaharchasidagi Madaniyat mahallasidagi koʻp qavatli uylardan birida sodir boʻlgan. Voqea joyiga zudlik bilan ikki yongʻin oʻchirish va qutqaruv guruhi yetib keldi va 30 daqiqada yongʻinni oʻchirishdi.
Yongʻin oqibatida mebel va boshqa idishlar yonib ketgan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yongʻinning taxminiy hodisasi elektr taʼminotidagi uzilish boʻlib, bola uy vazifasini sham yorugʻida bajargan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring