Samarqandda Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi ochildi

18:15 18 Oktyabr 2021 Jamiyat
875 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Samarqand shahri kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-apreldagi qaroriga asosan Behbudiy tavalludining 145-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan uy-muzeyda ulugʻ maʼrifatparvar, noshir, jurnalistning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar, oʻsha davr madaniyati, maʼrifati, ilm-fan rivojiga hissa qoʻshgan bir qancha maʼrifatparvar olimlarning fotosuratlari, ilmiy asarlari gazeta va jurnallar kabi qator ashyolar mavjud.

Foto: “Xalq soʻzi”

— Bu binoda “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnali chop etilgan,  — deydi Samarqand davlat chet tillar instituti oʻqituvchisi Dilafroʻz Rahmatova. - Shuningdek, «Padarkush» dramasi ham ilk bor shu bino hovlisida sahnalashtirilgan.

Foto: “Xalq soʻzi”

Muzeydan shuningdek, XX asr boshlariga tegishli noshirlik dastgohi, gazeta va jurnallar nusxalari, ilmiy arxiv hujjatlari va nodir muzey ashyolari oʻrin olgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?