Samarqandda kredit mablagʻini oʻzlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

13:26 13 Avgust 2022 Jamiyat
695 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman boʻlimi tomonidan AT “Xalq banki” tuman filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.g.” MCHJ rahbari K.M. va boshqalar MCHJga suyultirilgan gaz xarid qilish uchun ajratilgan 503 mln soʻm kredit mablagʻini boshqa maqsadlarda sarflab, shundan 458,3 mln soʻmini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?