Samarqandda xalqaro musobaqaga start berildi

15:56 27 Oktyabr 2021 Jamiyat
235 0

Foto: Abdulaziz Yo‘ldoshev “Xalq so‘zi”

Ko‘hna Samarqand shahridagi “Dinamo” sport majmuasida kamondan otish bo‘yicha ayollar o‘rtasida ilk marotaba o‘tkazilayotgan “To‘maris kubogi” xalqaro turniriga start berildi. Mazkur musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Qozog‘iston, Gruziya, Ukraina, Rossiya, Tojikiston va Qirg‘izistondan 50 nafardan ortiq mahoratli sportchilari ishtirok etmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar O‘zbekistonda sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar va soha vakillari uchun yaratilgan imkoniyatlarni, ayniqsa, xotin-qizlarni sportga jalb etishda erishilayotgan yutuqlarni alohida taʼkidlab o‘tdilar. Ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa ham isteʼdod egalarini qo‘llab-quvvatlashga, ularni nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorlashga xizmat qilishini qayd etib, ishtirokchilarga zafar tiladi.

Musobaqa 30 oktyabrga qadar davom etadi.

 

 

  Abdulaziz Yo‘ldoshev, “Xalq so‘zi”.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?