Samarqandda kartoshkaning yangi navi yaratildi

02:11 09 Mart 2022 Jamiyat
1148 0

Foto: Illustrativ foto

Samarqandda sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning shu paytgacha 35 ta yangi nav yaratildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Xususan, kartoshkaning «ogʻizogʻon», pomidorning “Mustaqillik-28” navlari Toshkent nav sinash ilmiy tekshirish institutiga yuborildi.

“Olimlarimiz kartoshka urugʻchiligi borasidagi import miqdorini qisqartirish, iqlim sharoitimizga mos yangi kartoshkani yaratish borasida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda”, — dedi Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi direktori Shavkat Jabborov

Maʼlum qilinishicha, birgina 2021-yilda 8 tonnadan ortiq sabzavot, poliz ekinlarining mahalliy urugʻlari ishlab chiqarildi. Jumladan, 60 tonnadan ziyod kartoshkaning Oʻzbekiston iqlimiga mos, serhosil navlari viloyatdagi 20 ga yaqin fermer xoʻjaliklariga yetkazib berildi.

Joriy yilda viloyat boʻyicha 20 ming gektar maydonda kartoshka ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, buning uchun 50 ming tonna kartoshka urugʻi talab etiladi. Ayni kunlarda 31 ming tonnadan ziyod urugʻlik kartoshka zaxirasi shakllantirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?