Samarqandda yoʻlovchi avtobusi va traktor tirkamasi ishtirokida YTH sodir boʻldi

12:06 31 Oktyabr 2024 Jamiyat
224 0

Foto: Samarqand viloyati YHXB

Samarqand viloyatida “Yutong” rusmli yoʻlovchi avtobusi traktor tirkamasi bilan toʻqnashdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 30-oktyabr kuni soat 21:00 larda Narpay tumani Didan MFY hududidan oʻtuvchi M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yoʻlining 115-kilometrida sodir boʻlgan.

Unda “Yutong” rusmli yoʻlovchi avtobusi haydovchisi Samarqand-Buxoro yoʻnalishida harakatlanib kelib, yoʻlning belgilangan qismidan qayrilib olayotgan, oʻzi bilan bir yoʻnalishda ketayotgan TTZ 80.1 rusumli traktorining tirkamasiga borib urilgan.

Hodisa oqibatda avtobus yoʻlovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?