Samarqandda yoʻlni asfalt qilayotgan yoʻl ishchisini jiguli urib uchirib yuborgan. Holat yuzasidan maʼlumot berildi

20:28 18 Sentyabr 2021 Jamiyat
864 0

Ijtimoiy tarmoqda Samarkand shahar Ulugbekda yoʻlni asfalt qilayotgan yoʻl ishchisini bir jiguli urib uchirib yuborgani haqidagi xabar tarqaldi. Ushbu video yuzasidan Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

18-sentyabr kuni soat 17:20 larda haydovchi F.M. “VAZ-21011” rusumli avtomobilda Samarqand shahar hududidan oʻtuvchi M-37A avtomobil yoʻlining 42-kilometrida harakatlanib kelib, shu koʻchada taʼmirlash ishlarini olib borayotgan yoʻl qurilish ishchisini urib yuborgan.

Natijada fuqaro I.G. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?