Samarqandda IT-tanlovda birinchi oʻrinni olgan oʻquvchiga eski noutbuk sovgʻa qilingani ortidan tuman hokimi oʻrinbosariga hayfsan berildi

15:24 17 Yanvar 2022 Jamiyat
1415 0

Foto: Халқ сўзи

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi 41-maktab oʻquvchisi Sardor Sattorovning “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi tanlovda birinchi oʻrin olgani va unga eski noutbuk sovgʻa qilingani toʻgʻrisida xabar berilgan edi.

Nurobod tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi R. Ibragimov farmoyishi bilan mazkur holatda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan hokim oʻrinbosariga hayfsan berilgan.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan IT-tanlovida gʻolib boʻlgan yoshlarni taqdirlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygani uchun tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Navroʻzbek Jalaliddinovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi (intizomiy jazolar) 1-bandiga asosan hayfsan intizomiy jazosi qoʻllanilsin", — deyiladi farmoyishda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?