Samarqandda ikki yigit bir qizni oʻldirib, keyin murdani yoqib yubordi

11:10 12 Yanvar 2022 Jamiyat
463 0

Samarqand viloyatidagi qarovsiz qolgan bogʻchadan qizaloqning kuygan jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Qalampir” xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 7-yanvar kuni yarim tunda 2002-yilda tugʻilgan M.Nabiyev va 2001-yilda tugʻilgan M.Turobovlar 1997-yilda tugʻilgan M.Qosimova va 1994-yilda tugʻilgan D.Yoʻldoshevani hozirda tashlandiq boʻlgan Pastdargʻom tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasasi binosiga olib ketishgan.

Shundan soʻng mast holatda boʻlgan yoshlar oʻzaro janjallashib qolishgan. Oqibatda yigitlar M.Yoʻldoshevaning tanasining turli joylariga oshxona pichogʻi bilan urib, uni qasddan oʻldirgan. Keyin murdani yoqib yuborishdi.

Ikki yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi (Bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchilar qoʻlga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?