Samarqandda IIO xodimi fuqarolarni kaltakladi

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organi xodimi fuqarolarni kaltaklayotgani tasvirlangan video tarqaldi. IIV matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosovning “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, holat 9-iyun kuni Samarqand viloyatida sodir boʻlgan.
Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Saʼdullayevning bildirishicha, fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan xodim tizimdan boʻshatilgan.
Uning aniqlik kiritishicha, videoda tasvirlangan xodim Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB profilaktika inspektori С.Э. boʻlib, u joriy yilning 9-iyun kuni jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan.
С.Э. oʻsha kuni soat 22:00 larda shaharning Dahbet koʻchasidagi avtomobil yoʻlining qatnov qismida fuqarolar janjal qilayotganligini koʻrib, ularni 6-son IIBga olib borib, ularning sodir etgan qilmishini rasmiylashtirishi davomida, profilaktika inspektori va ushbu shaxslar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Jarayonda profilaktika inspektori ikki nafar fuqarolarga nisbatan (ulardan biri ayol) amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan.
Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, profilaktika inspektori С.Э. ichki Ishlar organlari safidan boʻshatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring