Samarqandda hokimlik binosi oldiga haydab kelingan qoʻylar voqeasi boʻyicha izoh berildi

11:56 07 Aprel 2021 Jamiyat
864 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Aytishlaricha bugun Nurobod tumani markaziga 6000 ta qoʻy haydab kelishibdi” sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, holat 2021-yil 6-aprel kuni soat 16:00larda sodir boʻlgan.

Respublika Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan “Samarqand qorakoʻl klaster” MCHJ korxonasiga 151 ming gektar hamda “SP LUXE” MCHJ qoʻshma korxonasiga 197 243,4 gektar yaylov yer maydonlari ajratilgan.

Klaster “SP LUXE” MCHJ va Qorakoʻlcha massivida faoliyat koʻrsatayotgan «Soxibkor Xojiakbar» fermer xoʻjaligi oʻrtasida 49 yilga 834 gektar yaylov yer maydonini ijaraga olish boʻyicha shartnoma tuzilgan boʻlib, shartnomada 1450 bosh mayda shoxli mollarni boqish koʻrsatilgan boʻlsada, ushbu yer maydonida fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan 4 mingdan ziyod chorva mollari boqilganligi “Qilichli” mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab boʻlgan va klasterning 1450 bosh qoʻylari mahalliy aholi tomonidan 2021-yil 6-aprel kuni soat 16:00larda tuman markaziga haydab kelingan.

Shundan soʻng, tuman hokimi, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi boshchiligida “SP LUXE” MCHJ qoʻshma korxonasi ish boshqaruvchisi hamda fuqarolar bilan yigʻilish oʻtkazilib, “SP LUXE” MCHJ rahbari «Soxibkor Xojiakbar» fermer xoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan shartnomani bekor qilinishi mutassaddilar nazoratiga olindi.

Yuqoridagi kabi holatlar takrorlanmasligi maqsadida aholining chorva mollari uchun ayni vaqtlarda yuqoridagi Klaster korxonalari tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinlariga masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etgan holda, birinchi navbatda qishloq aholisi chorva mollari uchun ajratilishi boʻyicha kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?