Samarqandda «Hizb ut-Tahrir» aʼzolari faoliyatiga chek qoʻyildi

Foto: Xalq so‘zi
Samarqand shahri va Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi «Hizb ut-tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti aʼzolarining faoliyatiga chek qoʻyildi.
Huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida qoʻlga olingan ushbu jinoiy guruh tashkilotchilari – “G.S.” va “R.A.” jinoiy sheriklariga «Hizb ut-Tahrir»ning “Islom nizomi” nomli kitobi va “Al-Vaʼy” jurnalidan foydalangan holda saboq berib, mamlakatimizda konstitutsion tuzumni agʻdarish hamda xalifalik davlatini yaratishga targʻib qilib kelishgan.
Shuningdek, “G.S.” va “R.A.” ota-onalari, yaqinlari, koʻplab boshqa tanishlarini oʻz saflariga aʼzo boʻlishga daʼvat qilib, Internet orqali ekstremistik mazmundagi audio va video materiallarni tarqatishgan.
Mazkur jinoiy guruh faoliyati ayni paytda Polshada yashirinib kelayotgan «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkilotning gʻoyaviy yetkachilaridan biri, 1980-yilda Qirgʻizistonda tugʻilgan va mazkur davlat fuqarosi sanalgan, sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan «Mahmud Abdulmoʻmin» taxallusli Mahmud Xoldarov Abdumalikovich tomonidan boshqarilgan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring