Samarqandda fuqaroni texnikumga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

11:30 17 Avgust 2021 Jamiyat
185 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi hamda DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.S. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, uni Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 700 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?