Samarqandda fermer xoʻjaligi yer maydonini sotmoqchi boʻlgan xoʻjalik rahbari ushlandi

15:52 09 Avgust 2022 Jamiyat
274 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “X.S.” fermer xoʻjaligi rahbari K.A. va boshqalar ushbu xoʻjalikka tegishli yer maydonining 4 gektarini fuqaro O.ga 42 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 26 200 AQSH dollarini olib, keyinchalik farzandi S.A. orqali yana 15 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?