Samarqandda “Favvoralar sayli” boʻlib oʻtdi

11:37 02 May 2025 Jamiyat
78 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahrida “Favvoralar sayli” va unga hamohang tarzda madaniy tadbirlar tashkil etildi. Tashkilotchilar tomonidan shaharning asosiy maskanlaridagi favvoralar atrofida konsert dasturlari, teatr chiqishlari va koʻngilochar uchrashuvlar oʻtkazildi.

Xususan, Koʻksaroy maydonidagi favvoralar majmuasi, Registon va Dahbed koʻchalari chorrahasi, Shoirlar bogʻi, Samarqand temiryoʻl vokzali, Islom Karimov maydoni, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari oldi hamda Universitet xiyobonida joylashgan favvoralar maydonchalari aholi va mehmonlar bilan gavjum boʻldi.

Tadbir shahar ahli va sayyohlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?