Samarqandda yengil atletika boʻyicha mahalla yoshlari oʻrtasida respublika musobaqasi start oldi

Foto: Xalq so‘zi
Bugun Samarqandda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida yengil atletika boʻyicha respublika musobaqasining final bosqichiga start berildi.
Dastlab Samarqand viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat sportni rivojlantirish boshqarmasi masʼullari Samarqand temir yoʻl vokzalida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan .ishtirokchilarini tantanali kutib oldi. Ishtirokchilar tomonidan Amir Temur haykali poyiga gul qoʻyildi.
Shundan soʻng Samarqand shahridagi “Afrosiyob arena” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida yengil atletika boʻyicha “mahalla - sektor - tuman - viloyat” bosqichlarida gʻolib boʻlgan yoshlar oʻrtasida respublika final bahslari boshlandi.
Musobaqada respublikamizning 14 hududidan kelgan 252 nafar qatnashchi uchta (16-21, 22-26, 27-30) yosh toifasida qatnashmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov ishtirok etib, mazkur olimpiada mahalla yoshlari oʻrtasida ommalashib borayotgani va iqtidorli yoshlarning qobiliyatini namoyish etishida katta imkoniyat yaratayotganini taʼkidladi.
Soʻngra jamoalar oʻrtasida musobaqalar qizgʻin surʼatda boshlandi.
Bahslar ertaga yakunlanadi va “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yengil atletika boʻyicha respublika musobaqasi gʻoliblari aniqlanadi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring