Samarqandda elektr dvigatelli yuk mototsikllari ishlab chiqariladi

Samarqanddagi “ELXOLDING” korxonasida elektr dvigatelli yuk mototsikllarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Bu Investitsiya dasturida belgilangan.
Buning uchun 7,6 milliard soʻm mablagʻ sarflanadi. Natijada joriy yilda 500 ta elektr dvigatelli yuk mototsikllari bozorga chiqariladi.
Mazkur korxona hozirda 200 sm/kub dvigatelli uch gʻildirakli “ELDOSH EL-200” rusumli mototsikllarini ishlab chiqarmoqda. Bunday mototsiklni 20-21 million soʻmga sotib olish mumkin. Elektr dvigatelli mototsikllarning narxi qancha boʻlishi hozircha maʼlum emas.
“ELXOLDING” korxonasida, shuningdek, interaktiv sensor panellar ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyilmoqda. Yiliga 5 ming dona sensor panellar ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu loyiha qiymati 41,4 milliard soʻmni tashkil etadi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring