Samarqandda DXX va IIB xodimlari sodir etilishi mumkin boʻlgan oʻta ogʻir jinoyatning oldini olishdi

12:01 05 Oktyabr 2020 Jamiyat
266 0

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga koʻra, 2020-yil 28-sentyabr kuni Samarqand shahar Sattepo maskanida yashovchi, 25 yoshli B. ismli ayol, bosqinchilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida, buvisi va togʻasining yashash uyida 40.000 AQSH dollari va 6-7 turdagi, taxminiy bahosi 10.000 AQSH dollarlik tilla taqinchoqlar borligini, buvisi bilan oʻzining oilasi oʻrtasida kelishmovchilik borligi sababli, ushbu pullar va qimmatbaho buyumlarni qoʻlga kiritish orqali undan qasd olish maqsadida, oʻzining tanishi A. ga buvisining uyiga bosqinchilik uyushtirishni buyurtma qilib, agarda buvisi va togʻasining yashash uyidan bosqinchilik yoʻli bilan pul va qimmatbaho boyliklarni olib chiqsa, ishni tugatganidan soʻng unga jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan pullardan 10.000 AQSH dollari berishni vaʼda qilgan.

“Yollanma bosqinchi”ga uyni ichki tuzilishini chizib berib, oʻzi bilan birga buvisining manziliga olib borib, uzoqdan uyning kirish darvozasi va uyning tuzilishini tushuntirib berib, kelgusida sodir etish kerak boʻlgan oʻta ogʻir turdagi jinoiy rejani tuzib bergan.

Holat toʻgʻrisida olingan tezkor maʼlumotga asosan, 2020-yil 3-oktyabr kuni DXX viloyat boshqarmasi va Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilib, B., “yollanma bosqinchi” bilan takroriy uchrashgan vaqtida qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?