Samarqandda “Damas” beton toʻsiqqa urilib agʻdarilib ketdi
Foto: Samarqand viloyat IIB YHXB
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 13-oktyabr kuni soat 9:30 larda Dehqonobod MFY hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1069 kilometrida yuz bergan. “Damas” avtomashinasi harakat davomida rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi beton toʻsiqqa kelib urilgan va agʻdarilib ketgan.
Oqibatda “Damas” haydovchisi tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Manbaga koʻra, hozirgi kunda holat yuzasidan Jomboy tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring