Samarqandda bogʻcha mansabdorlari yil boshidan buyon bir tonnadan ortiq goʻshtni “yeb yuborgani” aniqlandi

08:11 18 Oktyabr 2021 Jamiyat
420 0

Samarqandda bogʻchadan goʻsht oʻgʻirlagan oshpaz va mudiraga jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqda xabar berilgan edi. Tekshiruvlardan soʻng holatga oid boshqa tafsilotlar ham maʼlum boʻldi.

Maʼlum boʻlishicha, bogʻcha bosh oshpazi pishirilgan 4,7 kilogramm goʻshtni kirxonaga berkitgan. Shundan soʻng kirxona derazasidan goʻshtni xoʻjalik mudirasiga bergan. Xoʻjalik mudirasi esa goʻshtni bogʻchadan olib chiqib ketayotganda tarbiyachilar tomonidan toʻxtatib qolingan.

Ushbu holat boʻyicha oshpaz va xoʻjalik mudirasi bilan suhbat oʻtkazilganda bu ishni doim bogʻcha direktorining topshirigʻi bilan qilganini aytgan. Ular aytgan gaplari haqiqat boʻlib, audio-videolardagi yozuvlar toʻgʻri ekanini yozma bayonotda ham tasdiqlagan.

Tekshirishda 2021-yil yanvaridan shu kunga qadar ushbu bogʻchaning mansabdor shaxslari tomonidan jami 82,8 million soʻmlik 1376,7 kilogramm goʻsht mahsulotlari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Holat yuzasidan 28-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mansabdor shaxslariga nisbatan 167-moddasi 2-qismi “a” va “g” bandlari (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan koʻp miqdorda va takroran talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?